Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Jonson Twitter'dagi akkauntida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Jonson Twitter akkauntida videomurojaat qilib, unda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, unda kasallikning yengil alomatlari - isitma va yo‘tal paydo bo‘ldi.

Ikki kun avval Britaniya taxtining birinchi da’vogari shahzoda Charlz koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgandi. Charlz rafiqasi bilan birga Shotlandiyadagi saroyda o‘zini izolyatsiya qilishgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 465 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan bemorlangan, 21 mingdan ziyodi vafot etgan.