Uxanda hayot normal holatga kelmoqda - foto

Sputnik

Shu yil 25-martda Xubey provinsiyasi 16 shahar va okruglarida harakatlanish va kirish-chiqish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan - Uxan shahrida esa karantin 8-aprel kuni bekor qilinadi.

O‘tgan yilning dekabr oyi yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya, deb e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 465 mingdan ziyod kishi koronavirusga chalindi, 21 mingdan ziyodi vafot etdi.

 

1 / 14
Uxan shahrida istiqomat qiluvchi kishi himoya niqobida skuterda ketmoqda. 25.03.20
2 / 14
Uxandagi Honda zavodi ishchilar himoya niqobida mehnat qilmoqda. 16.03.20
3 / 14
Uxan shahrida aholi bog‘larda sayr qilmoqda. 26.03.20
4 / 14
Uxan ayol gullayotgan gilos daraxtini tasvirga olmoqda. 26.03.20
5 / 14
Uxan Hankou Beach parki, 25.03.20
6 / 14
Uxan, erkak iti bilan bog‘da sayr qilmoqda. 25.03.20
7 / 14
Uxan aholisi avtobus bekatida, 25.03.20
8 / 14
Uxan shahrida ishchilar.
9 / 14
Uxan, zavoddagi ishchi. 25.03.20
10 / 14
Uxandagi avtostansiya, 25.03.20
11 / 14
Uxanda logistika markazi ishchisi jo‘natmalarni saralamoqda.
12 / 14
Uxan, erkak skuterda ketmoqda, 26.03.20
13 / 14
Uxanda odamlar bog‘da dam olishmoqda. 26.03.20
14 / 14
Uxanda binolardagi shifokorlar surati tasvirlangan. 18.03.20