Rossiya boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni to‘liq to‘xtatib qo‘yadi

Rossiya ertadan, 27-martdan boshlab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaaloqani to‘liq to‘xtatib qo‘yadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya 27-martdan boshlab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni to‘liq to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda Rossiya Vazirlar mahkamasi Rosaviatsiyaga topshiriq bergan.

Faqat xorijda qolgan rossiyaliklarni vatanga qaytarish uchun reyslar amalga oshiriladi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakat TIVga rossiyaliklarga vatanga qaytishida ko‘maklashishni iltimos qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida ayrim mamlakatlar bilan avialoqani vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaror qilgan edi.