Niqobsiz yurgan shaxslarga nisbatan javobgarlik oshirildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida mavjud qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi. 
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Jamoat joylarida niqobsiz yurgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirildi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 11 nafari shifokorlardir

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida mavjud qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi. 

Unga muvofiq ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga o‘zgartirish kiritildi.

Qayd etilishicha, karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish qonunga zid hisoblanadi.

Ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan qonunga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha, ya’ni 1 mln 115 ming so‘m miqdorda jarima jazosi qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikramov 25-mart kunidan boshlab fuqarolarning jamoat joylarida niqob bilan yurishi shartligi, ushbu tartibga bo‘ysunmaydigan fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirgan edi.