O‘zbekistonda karantin vaqtida qarzdor iste’molchilar elektr tokidan uzilmaydi

Bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat davrida xalqqa yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha viloyatlarda elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

“Xususan, bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishchia, bunday sa’y-harakatlar, albatta, iste’molchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

O‘z navbatida, fuqarolardan karantin davri tugashi bilan to‘planib qolgan qarzdorlikni bartaraf etish so‘ralgan.