Uzbekistan Airways bugun Moskvadan fuqarolarni olib ketadi

Charter qatnovga avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugun, 24-mart kuni Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma’lum qildi.

  • HY613 Toshkent - Moskva (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan soat 13:05 da ketish.
  • HY614Moskva (Vnukovo aeroporti) - Toshkent — mahalliy vaqt bilan 16:45 da ketish.

Ta’kidlanishicha, ushbu qatnovlar Rossiya tomoni bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilgan.

Charter qatnovga avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi.