Senatning uchinchi yalpi majlisi virtual tarzda o‘tkaziladi

Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020-yilning 24-mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020-yil 24-mart kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020-yilning 24-mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Senat raisi Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokida yig‘ilishda so‘zlagan nutqida koronavirus atrofidagi vaziyatga to‘xtalar ekan, "xalqimiz bilan birlashib, shu sinovni ham yengamiz", deya ta’kidlagan edi.