TOShKENT, 24 mar — Sputnik. RSFSR xalq artisti Lev Leshenko o‘zini yomon his qildi va rafiqasi bilan birga Kommunarkadagi tibbiyot markaziga yetib keldi, bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Bundan avval qator OAV va Telegram kanallarda Leshenko koronavirusga gumoni bilan Kommunarkadagi tibbiyot markaziga yotqizilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
“Shifokor-do‘stlari maslahatiga ko‘ra, Leshenko rafiqasi bilan birga shifoxonaga keldi va ayni vaqtda tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda”, - deb javob berdi artistning konsert direktori Oleg Dmitriyev.