Rossiya SSV koronavirusni davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarga qanday dorilar tavsiya etilishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarga qanday dorilar tavsiya etilishini ma’lum qildi.

Yana bir kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

“Koronavirusga chalingan bemorlarga ibuprofenni paratsetamol bilan birga tayinlash mumkin va shunday qilish kerak, bu yerda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga qo‘shilamiz. Bemorlarga shifokor tavsiyalariga qat’iy rioya juda muhim. Faqat shifokor bemorga zarur bo‘lgan preparatni tayinlashi mumkin va samarali davolash usulini taklif qilishi mumkin”, - dedi Yelena Malinnikova.

Vazirlikda ma’lum qilinishicha, 19-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash takiloti koronavirusga chalingan bemorlarga ibuprofen dorisini qo‘llamaslik bo‘yicha o‘z tavsiyasini berdi.

JSS 11-mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirus infeksiyasini pandemiyasini e’lon qilgandi. So‘nggi malumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 330 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 14,5 mingdan ortiq vafot etdi.

Shu sharoitda turli davlatlar odamlar  “shamollashda” tavsiya etiladigan dorilarni ko‘plab sotib olmoqda.

Rossiya dorixona tarmoqlari uyushmasi muvofiqlashtirish kengashi raisi Nikolay Nifantyev RIA Novosti’ga bergan intervusida paratsetamolga talab ortib borayotganini aytdi va odamlar bu dorini g‘amlab qo‘ymaslikka chaqirdi, chunki korxonalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga tayyor.

Mutaxassis bu dori ko‘plab alomatlardan faqat bittasini yengillashtirishini ma’lum qildi.

Paratsetamol - bu og‘riq qoldiruvchi dori, u haroratni pasaytirishga qaratilgan. Dorini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.