TOShKENT, 24 mar - Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington “o‘zaro kelishuv hukumati” tuzish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqqiyatsiz yakunlangandan so‘ng Afg‘onistonga yordamni bir milliard dollarga qisqartirishini ma’lum qildi.
Pompeoning ta’kidlashicha, hukumatning bu muvaffaqqiyatsizligi AQSh milliy manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir.
Shu sababli AQSh hukumati Afg‘oniston bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh inklyuziv hukumat to‘g‘risida kelisha olmaganliklari haqida davlat kotibi Pompeoni xabardor qilganidan chuqur afsusda”,- deydi Pompeo o‘z bayonotida.
Shu munosabat bilan Amerika bu yil Kobulga yordamni bir milliard dollarga, kelasi yili esa yana bir milliard dollarga kamaytirishga qaror qilgan.
Davlat kotibi, shuningdek, AQSh “Tolibon”* radikal guruhi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) a’zolari bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq qo‘shinlarini hozirda Afg‘onistondan olib chiqishda davom etayotganini ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, bir kun oldin Mayk Pompeo Dohada “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi va keyin kutilmagan tashrif bilan Kobulga keldi, u yerda Afg‘onistonda tinchlik jarayonini prezident Ashraf G‘ani bilan muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-mart kuni Afg‘onistonda birdaniga ikki prezident o‘z lavozimiga kirishdi.
Ashraf G‘ani prezident saroyida qasamod qildi, saylovlarda mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdulloh bosh vazir qarorgohida parallel ravishda inauguratsiya marosimini o‘tkazdi.
Shu bilan bir qatorda, bir muncha vaqt o‘tgach, Abdulloh Abdulloh Ashraf G‘anining qobiliyatsizligi va majburiyatlarini bajara olmayotganligi sabali prezident vazifasini bajara olmasligi to‘g‘risida deklaratsiya chiqardi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti