Yana bir xorijdan qaytgan o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana bittaga ko‘paydi. Endilikda ular soni 46 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana bittaga ko‘paydi. Endilikda ular soni 46 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

"Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi" - deyilgan xabarda.