Xitoy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubini yo‘lladi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin prezident Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin prezident Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Bahor - fasllar kelinchagi: Toshkentdagi go‘zal manzaralar

"Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida munosabatlarimizni uzluksiz mustahkamlash maqsadida Siz bilan yaqin muloqotlarni davom ettirishga tayyorman. Sizga mustahkam sog‘lik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman", - deyiladi maktubda.