“Vnukovo”da qolib ketgan fuqarolarga vaqtincha yashash joyi taklif qilindi

"Vnukovo" aeroportida charter parvozini kutayotgan o‘zbekistonliklarga vaqtinchalik yashash joyi va 3 mahal issiq ovqat taklif qilindi. 
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

“Vnukovo” aeroporti rahbariyati tomonidan o‘zbekistonliklarning vaqtinchalik turishlari uchun “B” terminali ajratilgan, ushbu qism tibbiy punkt, hojatxona, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

O‘zbekistonliklar ushbu terminaldan faqat kuniga 3 marotaba ovqatlanish uchun foydalanishmoqda. 

Elchixona tomonidan, O‘zbekiston hukumati mablag‘i evaziga, ushbu yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan vaqtinchalik yashash joyi ham taklif qilingan edi, lekin yo‘lovchilar baribir aeroportning kutish zalida qolishni ma’qul ko‘rishmoqda, deyilgan TIV xabarida.

Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Shuningdek, Vnukovo aeroporti orqali vataniga qaytishni istagan o‘zbekistonliklar soni ko‘payganda, ular oldindan vaqtincha yashash joylariga joylashtirilishi xabar qilingan. 

Elchixona huzurida tashkil qilingan operativ shtab, o‘zbekistonliklardan yangi charter reyslari tashkil etilguniga qadar shaxsiy ma’lumotlarni va telefon raqamlarini “Vnukovo” aeroportidagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ vakolatxonasiga topshirishlari so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus epidemiyasi tufayli O‘zbekiston va xorijiy davlatlar orasida xalqaro havo, avtomobil va temir yo‘l aloqalari to‘xtatilganidan so‘ng Rossiya va Turkiya va boshqa davlatlar aeroportlarida merakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekiston fuqarolariga yordam berilmoqda. kecha Novosibirskda 253 nafar yo‘lovchi charter parvoz bilan O‘zbekistonga qaytarildi.

“Vnukovo”da qolib ketgan fuqarolarga vaqtincha yashash joyi taklif qilindi

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik masalasi hal etilgan, COVID-19 virusi RNK ni aniqlash uchun test-tizimlari olinib, o‘zbekistonliklarni Rossiyadan olib qaytish uchun 5 ta charter reysi va 3 ta temir yo‘l poyezdi tashkil etilgan.

“Vnukovo”da qolib ketgan fuqarolarga vaqtincha yashash joyi taklif qilindi

Shuningdek, O‘zbekistonga qayta olmaydigan, aviachiptasi bor fuqarolar soni ko‘payib o‘z vaqtida murojaat bo‘lganida, Elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari ko‘rilishi aytilmoqda.

“Vnukovo”da qolib ketgan fuqarolarga vaqtincha yashash joyi taklif qilindi