Toshkentda nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi

Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent shahrida barcha barcha savdo komplekslari faoliyati to‘xtatiladi.

“2020 yil 24-martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi”, - deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yilning 24-mart kunidan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatilishi xabar qilingan edi.