Maxfiy tashrif: Mayk Pompeo Afg‘onistonga keldi - OAV

AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. U Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh bilan uchrashadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi, deb xabar qildi RIA Novosti Reyter agentligiga asosan.

Toliblar Afg‘oniston shimolida hukumat qo‘shinlarini siquvga olishda davom ettirmoqda

Ta’kidlanishicha, Mayk Pompeo ikkinchi muddatga qayta saylangan mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani va saylov natijalarini tan olmayotgan sobiq ijro hokimiyati rahbari Abdulloh Abduloh bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fevral oyi oxirida, Qatarda AQSh va Tolibon* 18-yildan ortiq davom etgan urush bo‘yicha birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, unda 14 oy ichida chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi va mart oyida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuv muzokara boshlanishi ko‘zda tutilgan.

AQSh bu mamlakatda qo‘shinlar sonini 8,6 mingga kamaytirishga va’da berdi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Tolibon rahbariyati kelishuvni bajarish uchun barcha ishlarni qilmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot