Rossiya harbiy shifokorlari Italiyaga yetib keldi

Rossiya harbiy shifokorlarini Italiyaga jo‘natdi. To‘qqizta samolyotda tibbiy jihoz va dezinfeksiya stansiyalari yetkazib berildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Italiyaga Rossiya shifokorlari va dezinfeksiya stansiyalari ortilgan oxirgi ikkita samolyot yetib keldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Rossiya harbiy shifokorlari Italiyaga yetib keldi

Italiya koronavirus tarqalishi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda va yaqinda qurbonlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyaning Apenninida 60 ming kishi virusga chalingani qayd etildi, 5,4 ming kishi vafot qildi.

“Rossiya havo-kosmik kuchlarining sakkizinchi va to‘qqizinchi Il-76 harbiy-transport samolyotlari Italiyaning “Pratik de Mare” aviabazasiga (Rimdan 30 km janubi-g‘arbda) qo‘ndi. Samolyotlar mamlakatga rossiyalik harbiy mutaxassislar va dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun ko‘chma stansiyalarini yetkazdi”, - deyilgan xabarda.

Rossiya harbiy shifokorlari Italiyaga yetib keldi

O‘tgan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan telefon orqali suhbatda koronavirusga qarshi kurashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi 8 ta mobil harbiy virusolog va shifokorlar guruhlari, aerozol dezinfeksiyalash majmualari va tibbiy jihozlarini Apenniniga yuborilishini ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 yangi koronavirus pandemiyasi haqida e’lon qilgandi. Dunyo bo‘ylab 292 ming kishi virusga chalingan, 12 ming kishi vafot qildi.