MDH fuqarolari uchun Rossiyaga kirishga taqiq yo‘q – qaror

Avvalroq Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy etilgan 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklash MDH, Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolariga taalluqli emas. Rossiya Vazirlar mahkamasining tegishli qarori huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

23 martdan O‘zbekistonda barcha chegara o‘tkazish punktlari yopiladi

“Mazkur farmonning birinchi bandi qoidalari MDHga a’zo davlatlar, Abxaziya Respublikasi va Janubiy Osetiya Respublikasi fuqarolariga qo‘llanilmasin...” – deyilgan hujjat matnida.

Shuningdek, Vazirlar mahkamasi Federal xavfsizlik xizmatiga ushbu mamlakatlar fuqarolarining Rossiya chegarasidan o‘tishini ta’minlashni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-mart kuni davlat xavfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan edi.