Ijtimoiy tarmoqda kulguli chellenj tarqatganlarga ma’muriy chora ko‘rilmoqda

Shifokorlar hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan insonlar salomatligini o‘ylab tarqatilgan chellenj shiorlari ba’zi bir fuqarolar tomonidan kulguga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan masxaraomuz chellenj tarqatuvlariga nisbatan tegishli ma’muriy chora ko‘rilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yuritilayotgan, 223 mingga yaqin obunachilariga ega bo‘lgan guruhda joylashtirilgan post ko‘pchilikning qizg‘in salbiy muhokamasiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jazolanadi

Ushbu postda fotosurat joylashtirilgan bo‘lib, unda “Biz siz uchun avtomobil chiqarapmiz, siz biz uchun uni sotib oling” mazmunidagi yozuv aks etgan.

Ayni damdagi epidemik vaziyatni jiddiy qabul qilmay, suratlardagi so‘zlarni fotoshop orqali o‘zgartirib, tarqatayotganlar shaxsiga Toshkent shahar IIBB hamda Farg‘ona viloyati IIB tomonidan qisqa fursatda aniqlik kiritilgan.

Natijada ularning Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi “Uzmotors” AJ  uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “Uzsungvu” qo‘shma korxonasining MChJ  ishchilari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu shaxslar sodir etgan xatti-harakatlar yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortish choralari olib borilmoqda.