O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jazolanadi

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23-martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga avvaliga ogohlantirish beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi maxsus komissiyasi muhim axborot bilan fuqarolarga murojaat qildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23-martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga ogohlantirish beriladi.

“25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida (223 ming so‘m), mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarima qo‘llaniladi”, - deyilgan xabarda.