O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi

Sal oldin Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatda 9 mingdan ziyod kishi karantin tadbirlariga qamrab olinganini ma’lum qilgandi
Sputnik

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.