Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

Tekshiruvlar davomida mutaxassislar dori vositasining eng samarali va xavfsiz prototiplarini, shuningdek bo‘lajak vaksinaning tarkibi va kiritish uslublarini aniqlashadi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilib uni hayvonlarda sinash boshlandi, deb xabar qilmoqda Rospotrebnadzor.

Tekshiruvlar davomida mutaxassislar dori vositasining eng eng samarali va xavfsiz prototiplarini, shuningdek bo‘lajak vaksinaning tarkibi va kiritish uslublarini aniqlashadi. Vaksina 2020-yilning 4 choragida odamlar uchun qo‘llanila boshlanishi mumkin, deyilgan  xabarda.

“Olimlar yangi vaksinalarni an’anaviy hisoblangan virus vektorlarini rekombinatsiya qilish texnologiyasi asosida gripp, qizamiq va vezikulyar stomatit viruslari yordamida hamda eng zamonaviy sintetik vaksina yaratish texnologiyalari – mRNK-vaksina, peptid vaksina va subagona vaksina texnologiyalari asosida yaratishdi,” – deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunla AQSh va Xitoy ham o‘z vaksinalarini sinovdan o‘tkazmoqda. AQShda mRNA-1273 nomli vaksina 45 nafar ko‘ngillilarda sinab ko‘riladi.

O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishga tanlov e’lon qildi

Bir necha kun oldin Xitoyda ham insonda koronavirusga qarshi immunitet paydo qiladigan vaksina yaratilgani va u ayni damda sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar qilingan edi.

Vaksina yaratishdan tashqari Xitoylik shifokorlar koronavirusga chalingan ayrim kishilarda ushbu virusga qarshi kurashuvchi antitelalar borligini aniqlashgan. Shifokorlar ushbu kishilar qonini boshqa bemorlarga qo‘yish yordamida ham koronavirusni muvaffaqiyatli davolashga erishishgan. Ayni  damda Xitoyda koronavirusga qarshi kurash samaradorligi 85-90 % miqdorida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyada 200ga yaqin kishi koronairus bilan kasallangan. Qozog‘istonda – 44, O‘zbekistonda – 23, Armanistonda – 122, Belarusda – 51 va Qirg‘izistonda – 3 kishi kasallangan. Dunyoda kasallanganlar soni 200 mingdan oshib ketgan. Vafot etganlar soni 9 ming.