Rossiya huquqni saqlash organlari “Ozodlik radiosi” ustidan tekshiruv boshladi

Rossiya huquqni saqlash organlari "Ozodlik radiosi" ustidan Jinoyat kodeksining 354-bandi (Natsizmni oqlash) bo‘yicha tekshiruvni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Rossiya huquqni saqlash organlari “Ozodlik radiosi” (Rossiya Adliya vazirligi qaroriga binoan chet el agenti deb tan olingan) saytida chop etilgan maqola yuzasidan tekshiruv boshladi, deb xabar qilmoqda Russia Today.

Gap “Ozodlik” saytida chop etilgan “Tegeranskaya skazka Lubanki. Bila li operatsiya “Dlinniy prijok”?” maqolasi haqida ketmoqda. Huquqni saqlash organlari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu maqolada SSSRning Ikkinchi  jahon urushi yillaridagi faoliyati haqida yolg‘on ma’lumotlar qasddan tarqatilayotgan bo‘lishi mumkin.

Xorijiy OAVning ushbu harakatiga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 354 bandining 2 bo‘limiga (Natsizmni oqlashga harakat qilish) muvofiq huquqiy baho berilishi mumkin. Ayni damda tegishli organlar ushbu ish yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Tarixiy manbaalarda aytilishiga ko‘ra, Vermaxtning “Dlinniy prijok” opreatsiyasi Ikkinchi jahon urushi yillarida Tehronda Stalin, Cherchil va Ruzvelt uchrashuvi vaqtida hujum uyushtirib ushbu davlat rahbarlarini yo‘q qilishni nazarda tutgan bo‘lgan. Lekin Operatsiya sovet razvedkasi tomonidan fosh etilib uning ijrochilari zararsizlantirilgan. 1981-yilda SSSR, Fransiya va Shveysariya kinoijodkorlari tomonidan ushbu voqealar aks etgan “Tegeran-43” nomli badiiy film suratga olingan edi.