Koronavirusga qarshi kurashgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Prezidentning yangi e’lon qilingan farmonida koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar, bundan tashqari, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar oylik maoshiga har kunlik qo‘shimcha 6 % miqdorda to‘lovlar to‘lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

Joriy yilning 20-mart kuni prezidentning  “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shib boriladi.

Bundan tashqari o‘z faoliyatini to‘xtatgan davlat ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlari esa o‘z vaqtida to‘lab beriladi.

Bog‘chalar va maktablar faoliyati to‘xtatilgan davrda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yillik ta’til taqdim etiladi.

Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa, homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlashlariga imkoniyat yaratishlari mumkin.