TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Grippga qarshi emlangan odamlarda koronavirusni yuqtirish xavfi kamroq, chunki vaksinatsiya immun himoyani yaxshilaydi. Bu haqda RIA Novosti'ga shifokorlar ma’lum qilishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozir immunitetni mustahkamlash va kasal bo‘lmaslik uchun to‘g‘ri ovqatlanish, laktobaktriyalarni qabul qilish va burunni zaytun moyini surtish kerak.
“Ayniqsa shamollash va yallig‘lanish kasalliklaridan hayot davomida aziyat chekadiganlarga emlanishi kerak. Grippga qarshi emlash nafaqat gripp viruslaridan himoya qilishga yordam beradi, balki har qanday boshqa infeksiyalar, shu jumladan koronavirusdan ham himoya qiladi, chunki odamning tabiiy immuniteti yaxshilanadi”, - deydi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan doktor, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Karabinenko.
U yaxshi immuniteti yaxshi bo‘lgan odamlar tashvishlanmasa ham bo‘ladi, ular koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish xavfi past darajada.
Immunitetni mustahkamlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish kerak, fast-fuddan voz kechish kerak, ammo chiniqish hozir kerak emas, buni yozda qilish kerak edi.
O‘z navbatida shifokor-terapevt Lyudmila Lapa, immunitetni mustahkamlash uchun laktobakteriyalar yoki fermentlarni qabul qilish kerakligini ta’kidladi. Ularni hamma dorixonalarda sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, oksolin malhami yoki oddiy zaytun moyi yordamida o‘zi koronavirusdan himoya qilishingiz mumkin, agar burunga surtilsa, viruslar va bakteriyalarning inson tanasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi, deya qo‘shimcha qildi Lapa.
Ekspertlar koronavirus tufayli vahima qilish kerak emasligini alohida ta’kidlashdi.
Ta’sirchan odamlar o‘z immunitetlarini tekshirishlari mumkin.
"Immunologda immunitet pasportlari bor, marhamat, agar ular immunitet yo‘q degan xulosa bersa, unda odam o‘zini izolyatsiya qilishi zarur", - deya tushuntirdi Karabinenko.