Koronavirus iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishga 10 trillion so‘m ajaratiladi - prezident

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozga qarshi jamg‘arma tuziladi va unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi. Ushbu mablag‘lar kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berishga ishlatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Kecha, 19-mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda koronavirus tufayli iqtisodning ko‘plab sohalari zarar ko‘rayotganini va bunga qarshi tezkor choralar ko‘rilishi maqsadida, birinchi navbatda ko‘rilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilingani aytib o‘tildi.

Hujjatga ko‘ra, Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi. Koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, budjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi. 

Undan tashqari, 2020-yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bunday qiyin sharoitda tadbirkorni birorta tekshiruvchi bezovta qilmaydi, - deyilgan xabarda. 

Videoselektor yig‘ilishi haqidagi to‘liq xabar bilan quyida tanishing.