AQSh yangi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi – video

AQSh 19-mart kuni Gavaydagi Kauai orolida gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi. AQSh Mudofaa vazirligi gipertovush rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mayk Uayt Vashington 2020-yil o‘rtalarida gipertovush qurollarni sinovlari o‘tkazishini aytgandi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. AQSh gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qildi Pentagon.

Sinov parvozi Kauai orolida 19-mart kuni amalga oshirildi.

Bundan avval, Pentagon vakili, harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi Robert Karver AQSh gipertovushli qurollarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqishda Rossiyadan ortda qolganini aytdi.