Qo‘l yuvishni Hindiston politsiyachilaridan o‘rganing – video

Hindistonlik politsiya xodimlari ijtimoiy tarmoqda raqs bilan qo‘llarni qanday yuvish kerakligi borasida qiziqarli video joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Hindistonning Kerala shtati politsiya xodimlari ijtimoiy tarmoqda raqs bilan qo‘llarni qanday yuvish kerakligini o‘rgatadigan videoni joylashtirdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarga koronavirus infeksiyasi xavfini kamaytirish uchun qo‘llarini tez-tez yuvishni tavsiya qiladi. Hindiston politsiyasi buni qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirishni tushuntirgan ajoyib raqsni o‘ylab topdi.

Video qariyb 30 ming marta ko‘rildi va unga bir necha ming izoh qoldirildi.

Foydalanuvchilar tashabbus va xoreografiyani maqtashdi.