Toshkentda “Lasetti” haydovchisi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

YTHga haydovchining tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida “Lasetti” haydovchisi urib yuborgan 59 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Farg‘ona viloyatida 449 nafar haydovchi mast holda avtomobil boshqarganligi aniqlandi

Hodisa 16-mart kuni tumandagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. “Lasetti” haydovchisi 36 yoshli Oybek S. piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 59 yoshli Rahim Z. tan shikastlari olgan va kasalxonada vafot etgan.

Xabarda YTHga haydovchining tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgani aytilgan.