Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekistonning Avstriyadagi sobiq elchisi, YeXHTdagi doimiy vakili Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati. 

"2020 yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kengaytirilgan hay’ati yig‘ilishida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Asadov tanishtirildi", - deyilgan xabarda. 

Sherzod Asadov shu kunga qadar O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida (YeXHT) O‘zbekistonning doimiy vakili bo‘lib ishlab kelgan.