Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

Ilgariroq, Lukashenko, kadrlar masalasini ko‘rib chiqayotgan vaqtda amaldorlarga qanday qilib yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olmaslik borasida bir nechta maslahatlar bergan edi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy haqida latifa aytdi, deb xabar berdi payshanba kuni Sputnik Belarus.

Nurmat Otabekov: Koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida bo‘lmagan

Ilgariroq, Lukashenko, kadrlar masalasini ko‘rib chiqayotgan vaqtda amaldorlarga qanday qilib yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olmaslik borasida bir nechta maslahatlar bergan edi. Xususan, Lukashenko tez-tez qo‘l yuvish, nonushta va kechki ovqatni ham o‘z vaqtida tanovvul qilishni maslahat bergan. Belarus yetakchisi shuningdek, virusni aroq bilan ham "zaharlash" mumkinligini aytgan. Bundan tashqari, Lukashenko haftada ikki-uch marta saunaga borishni tavsiya etgan. Jirinovskiy o‘z navbatida Lukashenkoning bu maslahatlarini qattiq tanqid qilgan.

"U (Jirinovskiy - tahr.) tanqid qilibdi, aroq mumkinmasmish, sauna nima degani, Lukashenko nohaq. Uyga borgach esa xotiniga: "Yuz gramm quy, koronavirusdan davolanaman", debdi. Xotini unga: "Volodya, sen hozirgina Lukashenkoni tanqid qilding-ku, aroq yordam bermaydi, deding". "Men buni hamma uchun aytdim, menga esa quy, Lukashenko ahmoqmas, u bekorga aytmaydi". Xotini unga yana: "Volodya, axir ruslarda hammomdan so‘ng yuz gramm ichishadi", desa. Jirinovskiy: "Bu ruslarda. Men esa yevreychasiga ichaman: yuz gramm hammomgacha, yuz gramm hammomdan keyin", dermish. Bu mavzuyimizga yaqin bo‘lgani uchun latifadek yangramoqda. Vladimir Volfovichdan uzr so‘rayman, albatta, ammo bu hayotiy voqeani aytmasam bo‘lmasdi", - deb qo‘shimcha qilgan belarus yetakchisi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya deb e’lon qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 160 mamlakatida 200 mingdan ortiq odam ushbu virusni yuqtirgan. Ularning sakkiz mingdan ortig‘i vafot etdi.

Belarusda koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 51 nafarga yetgan. Ammo ularning to‘qqiz nafarida COVID-19 klinik belgilari mavjud, olti nafari sog‘aygan va kasalxonadan ularga javob berilgan.