Koronavirus tufayli Toshkent hayvonot bog‘i yopildi

Toshkent hayvonot bog‘ida e’lon qilgan karantin mudatining qachongacha davom etishiga oydinlik kiritilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yilning 19-mart sanasidan boshlab Toshkent hayvonot bog‘i vaqtinchalik karantin e’lon qildi. Hozircha karantin qancha muddatgacha davom etishi ma’lum emas.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatining ma’lum qilishicha, jonivorlar ahvolidan xavotir olishga asos yo‘q. Zoolog va mutaxassislar esa o‘z ishini davom ettiradilar.

Ma’lumot uchun, Toshkent hayvonot bog‘i har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Biletlar narxi 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul, 7 dan 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun 10000, 16 va undan kattalar uchun 15000 so‘m, nafaqaxo‘rlar uchun 10000 so‘mni tashkil etadi.