Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

"Katta yigirmatalik" davlatlari yetakchilari COVID-19 pandemiyasiga koordinatsiyalashgan holda qarshi kurashish masalasini muhokama qiladilar
Sputnik

TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini kelgusi haftada onlayn rejimda chaqiradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Neft narxi qulashi va muqobil energetika inqirozi kimga kerak?

"G20 raisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni kelasi haftada G20 yetakchilarining favqulodda virtual sammitini chaqirish maqsadida G20ga a’zo davlatlar bilan bog‘lanmoqda. Ular COVID-19 pandemiyasiga koordinatsiyalashgan holda qarshi kurashish masalasini muhokama qiladilar", - deyiladi sammit saytida.

Xabarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda pandemiya oqibatlarini pasaytirish ustida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 200 mingga yaqin inson koronavirus bilan bemorlangan, ularning 80 mingga yaqini shifo topgan, 7 mingdan ziyodi vafot etgan. Koronavirus 155 ta davlatga kirib borgan.