Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

Bir guruh olimlar tadqiqot o‘tkazib, yangi koronavirus turli buyumlar sathida qancha hayot kechira olishlarini aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya Allergik va infeksion kasallikllarni o‘rganish milliy instituti umumjahon pandemiyasi sababchisi bo‘lgan turdagi koronavirus turli materillar sathida necha soat hayot kechirishini o‘rganib chiqishdi. Ularning tadqiqoti natijalari The New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan.

Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

Britaniyalik olimlar SARS-CoV-2 virusi va uning oldingi qarindoshi SARS-CoV-1 viruslarini 5 xil sharoitlarda yashash davomiyligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan: aerozol, plastik, po‘lat, mis va karton.

  • Aerozol (havo va suv tomchilari aralashmasi) muhitida viruslar 3 soatdan ortiq o‘z faolligini saqlab qolgan. 
  • Plastik va po‘lat buyumlar sathida koronavirus eng uzoq yashashi mumkinligini ko‘rsatgan - 72 soat davomida. 
  • Mis buyumlar sathida esa 4 soatdan keyin birorta ham SARS-CoV-2 - tirik virus qolmagan. 
  • Karton qog‘oz sathida esa 24 soatdan keyin tirik viruslar qolmagan.

Bundan xulosa shuki, misdan yasalgan idish, eshik dastalari va boshqa buyumlar koronavirusdan juda yaxshi himoya vositasi bo‘lishi mumkin. 

Havoda esa virus 3 soatgacha faol bo‘ladi va insonga havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusi avj olishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus dunyoning 150 dan ziyod davlatida, jumladan, O‘zbekistonda aniqlangan. Uni yuqtirib olganlar soni 200 mingdan oshib ketdi. 80 mingdan ziyod kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘ldi.