BMW kompaniyasi Yevropadagi barcha zavodlarini yopdi

BMW koronavirus tarqalishi tufayli bir oy muddatga Yevropa va Janubiy Afrika Respublikasidagi barcha zavodlarini yopdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Germaniyaning BMW kompaniyasi koronavirus tufayli bir oyga Yevropa va JARdagi barcha zavodlarni yopmoqda. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaning bosh direktori Oliver Sips (Oliver Zipse) bayonotiga asosan xabar qildi.

Italiya Xitoydan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi

“Bugundan boshlab biz Yevropadagi avtomobil ishlab chiqarish zavodlarini va Janubiy Afrika Respublikasidagi Rosslyn zavodini yopmoqdamiz”, - dedi Sipse.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish faoliyatdagi tanaffus 19-aprelgacha cho‘ziladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu zavodlar kompaniya ishlab chiqaradigan mahsulotning yarmiga to‘g‘ri keladi.

BMW koronavirusni 2020-yilda uning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini taxmin qilmoqda. Kompaniyaning moliya direktori Nikola Piter bu yil soliqdan oldingi foyda 2019-yildagi 7,1 milliard yevro ko‘rsatkichiga nisbatan "sezilarli darajada pastroq" bo‘lishini aytdi.

"Koronavirus bilan bog‘liq chora-tadbirlar biznesimizga sezilarli ta’sir qiladi", - dedi Piter.