TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Dunyoda boshlangan qo‘l yuvish #SafeHands chellenji O‘zbekistonga ham yetib keldi. O‘zbek estradasining bir necha yulduzlari qo‘llarni qanday yuvish kerakligini namoyish qilishdi.
Nilufar Usmonova qo‘llarni yuvish koronavirusga qarshi eng samarali chora ekanini eslatib barchani ushbu chellenjda ishtirok etishga taklif qildi.