Poytaxtda “Bike Sharihg” veloprokat tizimi joriy etiladi

Hujjatda keltirilishicha, 2021-yil yakuniga qadar 2020-20230 yillarda Toshkent shahrida transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasi ishlab chiqadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkent shahrida “Bike Sharihg” veloprokat tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar mahkamasining Toshkent shahar yo‘lovchi transportini tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda keltirilishicha, 2021-yil yakuniga qadar 2020-20230 yillarda Toshkent shahrida transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasi ishlab chiqadi.

Bunda velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirish, “Bike Sharihg” veloprokat tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yilda poytaxtda 7 ta yangi transport yo‘nalishi ochilishi xabar qilingan edi.