O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir kishi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘riganlar soni 11 kishiga yetdi - Sanitariya-epidemiologik agentlik rahbari Baxrom Almatov.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘riganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik agentlik rahbari Baxrom Almatov ma’lum qildi.

Koronavirusga qarshi qaysi retseptga ishonsa bo‘ladi - ekspert javobi

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilingandi. Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

14 mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli London–Toshkent yo‘nalishidagi 201- reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

15 mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan.