Koronavirusga qarshi qaysi retseptga ishonsa bo‘ladi - ekspert javobi

Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa
O‘zbekistonlik professor ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan koronavirusga qarshi go‘yoki mo‘’jizakor xususiyatga ega bo‘lgan retseptlar yuzasidan fikr bildirdi
Sputnik

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Koronavirusning oldini olish uchun turli antibiotiklarni ichish tavsiya etilmaydi. Immunitetni ko‘taradigan dorilar virusni o‘ldirmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati inspeksiyasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom
Kimlar koronavirusning yashirin tashuvchisi bo‘lishi mumkin?

"Yuqumli kasalliklarning oldini olish, ya’ni profilaktika uchun antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu kabi dorilarni, qolaversa, immun tizimini ko‘taradigan har-xil dorilarni tavsiya qilish - bu umuman noto‘g‘ri. Immun tizimini ko‘taradigan dorilar virusga qarshi hech qanday ta’sir kuchiga ega emas", - deya tushuntirdi professor.

Otabekov, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoqpiyoz borasida tarqalayotgan tavsiyalarga ham o‘z munosabatini bildirdi.

Professor sarimsoqpiyozni iste’mol qilish mumkinligini, lekin bir jihatga e’tibor berish kerakligini eslatib o‘tdi: ya’ni sarimsoqpiyoz bir vaqtning o‘zida antibakterial yoki antivirus preparat emas. Shuni hisobga olgan holda, sarimsoqpiyozni boshqa ko‘katlar bilan aralashtirgan holda iste’mol qilish mumkin, dedi professor.

Otabekov O‘zbekiston aholisini ijtimoiy tarmoqlarda har-xil nomutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi.