TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Norvegiya futbol uyushmasi sayti xabariga ko‘ra, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 2021-yilga qoldirildi.
Musobaqa 2021-yil 11-iyundan 11-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Yevro-2020ni keyinga qoldirish masalasi UYeFA tomonidan Yevropa klub va ligalari rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan videokonferensiyada muhokama qilindi.
Futbol bo‘yicha 2020-yilgi Yevropa chempionati 12-iyundan 12-iyulga qadar Yevropaning 12 shahrida, shu jumladan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Unda uchta guruh bosqichi va chorak final o‘yinlari o‘tkazilishi kerak edi.