Yozgacha bartaraf etilmasa, koronavirus chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi?

Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, chivin — koronavirus tashuvchi vosita emas.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Chivin — koronavirus tashuvchi vosita emas. Bu haqda 17-mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Baxrom Almatov ta’kidladi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir kishi aniqlandi

Matbuot anjumanida yozgacha koronavirus epidemiyasi bartaraf etilmagan holda, bu kasallik chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi mazmunidagi savol berildi.

Baxrom Almatovning ma’lum qilishicha, chivinlarning virus tashishga aloqasi yo‘q. Qolaversa, bitta isbotlangan haqiqat bor, havo harorati qancha yuqori va issiq bo‘lsa, viruslar shuncha chekinadi.

Koronavirus boshqa virusli kasalliklar singari mavsumiy kasallik hisoblanadi. Kunlar isishi  ushbu kasallikni yengib o‘tishga yordam beradi.