Kimlar koronavirusning yashirin tashuvchisi bo‘lishi mumkin?

Xitoylik olimlar Guanchjou shahridan 745 bolani tekshirishdi. Ulardan faqat o‘ntasi koronavirusni topdilar, ularda kasallik jiddiy alomatlarsiz o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Bolalar COVID-19 koronavirusni yashirish tashuvchilari bo‘lishi mumkin, chunki ularda bu kasallik yengil o‘tadi. Ularda kattalar singari hech qanday og‘ir alomatlar kuzatilmaydi. Bu haqda Medicalxpress ilmiy portal xabar qildi.

Bemorlar soni oshdi: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 nafarga yetdi

Xabarda aytilishicha, Xitoylik olimlar Guanchjou shahridan 2 oylikdan 15 yoshgacha bo‘lgan 745 bolani tekshirishdi. Ularning barchasi koronavirusga chalingan insonlar bilan yaqin muloqotda bo‘lishgan. Biroq ulardan faqat o‘ntasida virus topildi.

“O‘n nafar bolaning hech birida og‘ir alomatlar bo‘lmadi. Yetti nafarda harorat yuqori edi, lekin u 39 darajadan oshmadi. Yo‘tal, tomoq og‘rig‘ishi hollari bo‘lgan, ammo kattalarda uchraydigan mushak va bosh og‘rig‘ishi kuzatilmadi. Ko‘krak qafasi rentgen qilinganda pnevmoniya belgilari aniqlanmadi”, - deb ta’kidlashdi xitoylik shifokorlar.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday yengil alomatlar koronavirus tarqalishining muammosi hisoblanadi, ya’ni bolalar uni tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Bolalar uchun inkubatsion davr 14 kundan ortiq bo‘lishi kerak. Shuning uchun tadqiqotchilar barcha maktablarni yopib karantinga o‘tkazish va bolalarni onlayn ta’limga o‘tishni tavsiya qiladilar.