Iroq AQSh ustidan BMTga shikoyat qildi

Iroq AQSh aviazarbalar munosabati bilan BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga shikoyat maktublarini jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Iroq Kerbela shahrida qurilayotgan aeroport va harbiy inshootlarga AQSh aviazarbalari yuzasidan BMTga ikkita shikoyat jo‘natdi. Ta’kidlanishicha, zarba oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti’ga TIV vakili Ahmad as-Sahhaf ma’lum qildi.

Iroq qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilsa, AQSh yordamni kamaytiradi - OAV

“Iroq TIV AQSh aviazarbalari munosabati bilan ikkita shikoyat jo‘natdi: BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga. Tashqi ishlar vazirligi ushbu havo hujumlarini agressiv harakat va Iroqda Amerika qo‘shinlarining mamlakatda bo‘lish shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholadi”, - deb ta’kidladi Iroq TIV vakili.

Bundan avval Iroq Tashqi ishlar vazirligi AQSh elchisini chaqirib, havo hujumlari tufayli o‘z noroziligini bildirgan edi.

13 mart kuni Iroq xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, AQShning Iroqdagi bir nechta obyektlarga amalga oshirilgan zarbalar natijasida olti kishi – besh nafar harbiy bir fuqaro halok bo‘lgan.

Iroq qurolli kuchlari AQSh harbiy-havo kuchlarining hujumini qoralab, bu hamkorlik tamoyiliga zid ekanligini ta’kidladi.