Gvardiya xodimlaridan qochib, o‘zini kanalga tashlagani aytilgan fuqaro ishi tekshirilmoqda

Bosh prokuratura Milliy gvardiya xodimlaridan qochib, o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlagani va jasadi topilgani aytilgan fuqaro ishini tekshirishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. “Facebook” internet ijtimoiy tarmog‘ida Milliy gvardiya xodimlaridan qochgan va 2 hafta o‘tgach jasadi topilgan fuqaro haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha, “Facebook” internet ijtimoiy tarmog‘ida joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida Milliy gvardiya xodimlari bir nafar huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan shaxsning ortidan quvganligi, so‘ng u o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlaganligi va oradan 2 hafta o‘tgach ushbu kanaldan uning murdasi topilganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Gvardiya xodimlaridan qochib, o‘zini kanalga tashlagani aytilgan fuqaro ishi tekshirilmoqda

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.