O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi borti Erondan qaytayotganda 28 nafar O‘zbekiston fuqarolarini, shu jumladan Eron-Turkmaniston chegarasi yopiq qismida qolgan 14 haydovchini, shuningdek talabalar, tadbirkorlar va boshqa shaxslarni olib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Eronga koronavirus tarqalishi munosabati bilan maxsus himoya vositalari va dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar berdi RIA Novosti vazirlik vakiliga tayanib.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligining mahsus borti bugun ertalab soat 10.30 (Moskva vaqti bilan 8.30) Eron hukumatiga gumanitar yuklarni yetkazib berish uchun Toshkentdan Tehronga uchib ketdi”, - dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili.

O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yuboradi

Yuklar tarkibiga bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar, tibbiy doka, spirt, gigiyenik dezinfeksiyalovchi gel va “Rutan” antivirus tabletkalari kiradi.

Shuningdek, FVV borti bugun Erondan 28 nafar O‘zbekiston fuqarosini, shu jumladan Eron-Turkmaniston chegarasida yopiq qismida qolib ketgan 14 haydovchini, shuningdek, talabalar, tadbirkorlar va boshqa shaxslarni olib qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yangi COVID-19 koronavirusi sabab Xitoyga ham yordam qo‘lini cho‘zgan edi.

Eron COVID-19 koronavirusin tarqalishining markazlaridan biriga aylandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 7,1 mingdan ortiq kasallanish va 200 dan ortiq o‘lim holatlari qayd etildi.