Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan o‘zbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan.

Ekspert koronavirusdan immunitet haqida gapirdi

Tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berishi mumkin.

Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 8236 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, shulardan 1337 kishi sog‘ayib ketgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoning 143 ta mamlakatlarida 153 mingdan ortiq odam yuqumli kasallikka chalingan, ularning aksariyati tuzalib ketdi, 5,7 ming kishi vafot etdi.