Toshkent shahar IIBBga yangi rahbar tayinlandi

Tayinlovga qadar Tashpulatov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Polkovnik Aziz Tashpulatov  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Tashpulatov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning fevral oyidan to shu kunga qadar Toshkent IIBBga general-mayor Rustam Jo‘rayev rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlanganligi xabar qilindi.