Samarqanddagi yo‘lovchi tashish transportlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinmoqda

Dezinfeksiya harakatlari Samarqand viloyati transport boshqarmasi, Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik agentligining Samarqand shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Koronavirus epidemiyasi aniqlangach, Samarqandda ham uning tarqalishi va oldini olishga qaratilgan jiddiy dezinfeksiya choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan avtobekatlar, avtostansiyalar va barcha turdagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalari  har 4 soatda,  yo‘nalishga chiqish va qaytishda dezinfeksiya qilinmoqda.