Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 93 nafarga yetdi

Ta’kidlanishicha, Rossiyada qayd etilgan holatlardan 86 tasi olib kirilgan, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlar.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiyada yangi turdagi koronavirus bilan xastalangan 93 nafar bemor qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova bergan ma’lumotlarga asoslanib xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ulardan 86 tasi olib kirilgan holat, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlardir.

O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qildi

Golikovaning aniqlik kiritishicha, 4 nafar bemor tuzalib ketgan, 79 nafari esa davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistoning Rossiyadagi elchixonasi Rossiya hududidagi fuqarolarga murojaat qilib, muhim tavsiyalarga amal qilishni so‘ragan edi. 2020-yil 16-mart holatiga ko‘ra Rossiyada yangi infeksiya bilan kasallanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.