Koronavirusni diagnostika qilishda tezkor yadroviy metod taklif qilindi

AEXA atomchilari koronavirusni diagnostika qilishda yadroviy texnologiyalardan foydalanishni taklif qilishdi.  
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik.  Atom energetikasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (AEXA)koronavirusni diagnostika qilish uchun yadroviy test-tizimlarini taklif qilishga tayyor ekanliklarini xabar qilishdi. Bu haqida tashkilot rasmiy xabarida aytib o‘tilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, AEXA diagnostikada real vaqtda polimeraz zanjirli transkripsiya va qayta transkripsiya metodidan (RT-PCR)foydalanishni taklif qilmoqda. Ushbu uslub, inson va hayvonlarda bir necha soat ichida COVID-19 haqida diagnoz qo‘yish imkonini beradi.

Undan tashqari, AEXA mutaxassislari tibbiyot hodimlariga kerakli ko‘nikmalarga o‘rgatishlari mumkin, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, ayni damda dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan kishilar soni 167 mingdan oshdi. Vafot etganlar soni 5405 kishini tuzalib ketganlar 76 ming kishini tashkil qildi.

O‘zbekistonda shu damda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.