Yevropa hamjihatligi qog‘ozdagi ertak ekan: Serbiya prezidenti

Yevropa Ittifoqi dori-darmon va tibbiy uskunalar berishdan voz kechganidan so‘ng, Serbiya Xitoyga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Koronavirus tufayli Yevropa Ittifoqida dori-darmon va asbob-uskunalarni eksport qilishga qo‘yilgan taqiq Yevropada birdamlik yo‘qligini ko‘rsatdi, dedi Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, RIA Novoosti xabariga asosan. 

Serbiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun holatiga mamlakatda 48 kishi koronavirus bilan kasallangan. Hukumat shu kuni oziq-ovqat, shaxsiy parvarish va gigiyena uchun narxlarni cheklab qo‘ydi. Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, 50 kishigacha bo‘lgan ommaviy yig‘ilishlarni taqiqlab qo‘ydi va 65 yoshdan oshgan fuqarolarni zaruriyatsiz uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar

Yakshanba kuni kechqurun davlat rahbari milliy inqiroz shtabi rahbariyati va Serbiya patriarxi Iriney bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, keyin xalqqa murojaat qildi va favqulodda holatni e’lon qildi.

"Men hozir siyosiy xulosalar chiqarmayman, lekin biz xalqaro yoki Yevropa hamjihatligi yo‘qligini angladik, bularning hammasi qog‘ozdagi ertak ekan", - dedi Vuchich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidan dori-darmonlar va tibbiy jihozlarni eksport qilish taqiqlanganligi to‘g‘risida Yevropa komissiyasining rahbari Ursula fon der Lyayen xabar bergan.

"Bu vaziyatda bizga faqat XXR yordam berishi mumkin. Men rais Si Szinpinga xat yozdim, men undan yordam so‘radim va uni birodarim deb atadim", - dedi Vuchich.

Serbiya prezidenti XXRdan dori-darmon, shifokorlarni yuborini so‘ragan, shuningdek 5 million dona himoya niqoblariga buyurtma bergan.

"Ular (YeI-tahr.) Serbiya pulga kerak bo‘lganda, Yevropalik firmalarga qulay bo‘lishi uchnu tender shartnomalarni o‘zgartirishni talab qilardilar. Falokat kelib vaziyat og‘irlashganida esa - Serbiya pullari ularga kerak bo‘lmay qoldi. Buning uchun ularga "katta rahmat", menga ishoning, men ularga "minnatdorchilik bildirish" yo‘lini topaman, - deb ta’kidladi Serbiya Prezidenti.